O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va ma’lum vaqtlarini tejash maqsadida telegram messendjeri orqali, pensiya va nafaqa oluvchi shaxslarga davlat pensiya ta’minoti sohasida axborot beruvchi maxsus “Pensiya” boti (@pensiyauzbot) yaratildi.

Pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar individual ravishda maxsus telegram bot orqali quyidagi maʻlumotlarni olishlari mumkin.

  • pensiya tayinlanganlikligi haqida ma’lumotlar;
  • pensiya to‘lovi bo‘yicha ma’lumot;
  • pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar:

Shuningdek, maxsus telegram bot orqali Pensiya jamg‘armasiga murojaat yo‘llash imkoniyati ham yaratilgan. Bundan tashqari kelgusida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobi xaqida ma’lumotlarini olish rejalashtirilgan.

Maxsus telegram botdan to‘liq foydalanish uchun faqatgina pensiya jamg‘armasi ro‘yhatida mavjud hamda “SMS-Pensiya” interaktiv xizmatiga ulangan fuqarolar foydalanishi mumkin.

“SMS-Pensiya” interaktiv xizmatiga ulanish tartibi quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin: http://pfru.uz/page/552/pensiyangiz-miqdorini-bilishni-xoxlaysizmi-bu-juda-oson