Instagram suratlarini Twitter-da koʻrish imkoniyati 3-noyabr kuni paydo boʻldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq Twitter-dagi sahifasida maʼlum qilgan.

“Ular buni hech qachon amalga oshmaydi, deyishdi. Endi siz postingiz havolasini Twitter-da baham koʻrishingiz ham mumkin boʻldi”, — deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, Instagram 2012-yilda Twitter-da oʻz suratlarini koʻrsatishni toʻxtatgan edi. Xabarni koʻrish uchun havola orqali tarmoqqa oʻtish talab etilgan. Kompaniya bu qarorini foydalanuvchilar fotosuratlarga tashqaridan emas, balki Instagram-ning oʻzida qarashlari kerakligi bilan izohlagan.

Avvalroq Spot Instagram, Telegram, Youtube, Facebook va Odnoklassniki faoliyati cheklanganligi haqida xabar bergan edi.