IT Park Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “mGov Sirdaryo” mobil ishlanma tanloviga start berdi.

Tanlovda quyidagi sohalardan birida mobil ilovaning prototipini taqdim etish kerak boʻladi:

  • tibbiyot;
  • taʼlim;
  • energetika;
  • qishloq xoʻjaligi;
  • qurilish;
  • ijtimoiy himoya;
  • aholi bandligini taʼminlash.

Loyihalar jamiyat muammolarini hal etish samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanish qulayligi boʻyicha baholanadi.

Arizalar 2021-yilning 4-dekabriga qadar qabul qilinadi. Tanlovga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: