Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 750 soʻmga sotib olishni, 10 810 soʻmga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori koʻrsatkich. Bundan oldingi rekord qariyb uch kun oldin — 15-noyabrda oʻrnatilgan edi. Oʻshanda 1 AQSh dollarining kursi 10 790 soʻmga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini eʼlon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • “Savdogar bank”: sotib olish — 10 755 soʻm, sotish — 10 810 soʻm;
  • “Aloqa bank”: sotib olish — 10 750 soʻm, sotish — 10 810 soʻm;
  • “Mikrokredit bank”: sotib olish — 10 770 soʻm, sotish — 10 800 soʻm;
  • “Kapital bank”: sotib olish — 10 760 soʻm, sotish — 10 810 soʻm;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 750 soʻm, sotish — 10 790 soʻm.

Avvalroq Spot Moliya vazirligining 2022-yil oxirigacha Oʻzbekistonning tashqi qarzi $30,4 mlrdga yetishi borasidagi prognozi haqida yozgan edi.