ITHomeʼning xabar berishicha, Apple kompaniyasi yaqin vaqt ichida uchinchi avlod iPhone SE smartfonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. iPhone SE 4,7 dyuymli IPS-displey va Touch ID tugmasiga ega boʻladi.

Qurilmaning tezkor xotirasi 3 GB, kamerasi esa 12 megapikselni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, yangi iPhone SE smartfoni 5G tarmogʻini qoʻllab-quvvatlayadi. Uning narxi $400 dan boshlanadi.

Smartfon 2022-yilning birinchi yarmida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, sentyabr oyida Apple umumiy miqdorda 2 mlrd dona iPhone sotgan edi.