Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida 8-yanvar kuni ertalabki sessiyada oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 mln 474,4 ming soʻmni tashkil qildi.

Bu avvalgi kunga, yaʼni 7 yanvarga nisbatan 6,3 foizga pastdir.

Qayd etilishicha, AI-80 markali avtomobil benzinining birjadagi narxi litrga oʻtkazilganda mahsulotning bir litri taxminan 5700 soʻmni tashkil qiladi.

Maʼlumot uchun, AI-80 markali avtomobil benzinining oʻtgan haftadagi birja savdolaridagi narxi 1 tonnasi uchun 7 mln 964,7 soʻmni tashkil qilgandi.