Samsung Electronics dunyodagi birinchi barmoq izi skaneri xavfsizligiga ega gibrid toʻlov kartasi chipi ishlab chiqilishini eʼlon qildi.

S3B512C chipi biometrik sensor yordamida maʼlumotni oʻqiydi, ularni xavfsizlik modulida (SE) saqlaydi va oʻrnatilgan protsessor tufayli tahlil qiladi.

Ishlab chiqaruvchilar autentifikatsiya algoritmlari va firibgarlikdan himoya qilish (uzatilgan maʼlumotlarni almashtirish) tizimi haqida maʼlumot bergan boʻlsa-da, qurilmani qanday quvvatlanishini xususida aytilmagan.


Samsung vitse-prezidentining soʻzlariga koʻra, chip toʻlov kartalari uchun moʻljallangan, biroq undan biometrik autentifikatsiyani talab qiluvchi boshqa gadjetlarda, masalan, talon yoki sertifikatlarda ham foydalanish mumkin.

Ushbu yondashuv yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan kartalar bilan firibgarlik operatsiyalarini oldini oladi va klaviaturada PIN kodni kiritish zaruratini yoʻq qiladi.

Tizim Mastercard tomonidan sertifikatlangan va CC EAL 6+ xalqaro xavfsizlik standartlariga mos keladi. Birinchi mijozlar orasida bank tashkilotlari bor.

Ilgari Samsung magnitorezistiv MRAMda barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradigan chipni namoyish qilgan edi. Maʼlumotlar tashqi quvvat yoʻqligida ham saqlanadi.