IT Park investitsiyalarni jalb qilmoqchi boʻlgan startaplar uchun vebinar oʻtkazmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda rossiyalik mutaxassis, tadbirkorlik va investitsiya eksperti, “biznes-angel”, iVoice startapi asoschisi va Fund Family Investment venchur fondining bosh hamkori Andrey Zavorin ishtirok etmoqda.

Vebinarda Rossiyadan kelgan mehmon quyidagilarni soʻzlab berishadi:

  • oʻzining fondi haqida;
  • nega u Oʻzbekistondagi startaplarga sarmoya kiritmoqchiligi sabablari;
  • investitsiya loyihalari bilan ishlash qoidalari toʻgʻrisida;
  • investorlar uchun eng katta ahamiyatga ega boʻlgan startaplarning jihatlari haqida.

Bundan tashqari, tashrif davomida saralangan 5 nafar startap oʻz loyihalarini taqdim etadi. Ular uchun moliyalashtirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.

Zavorinning nutqi va startaplarning taqdimotlarini onlayn tomosha qilish mumkin.

Vebinar 22-fevral soat 18:00 da boshlanadi. Efir IT Park YouTube kanalida namoyish etiladi.