IELTS ingliz tilini bilish darajasini baholash xalqaro tizimi Rossiyada imtihonlarni bekor qiladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, sinovdan oʻtishni rejalashtirganlar xat orqali Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan keyin “tashqi siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli” imtihon sessiyalari bekor qilinishi haqida ogohlantirilgan.
“Tashqi siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli Rossiya Federatsiyasida IELTS imtihonlari egalari — British Council & Cambridge Assessment English qarori bilan barcha IELTS imtihonlari sessiyalari toʻxtatildi”, — deyiladi BKC maktab tarmogʻi maktubida.
Kompaniya imtihon uchun toʻlangan mablagʻni tezda IELTS tayyorgarlik kurslariga oʻtkazishni taklif qiladi. Aks holda, Rossiyada birinchi imtihon sessiyalari tiklanishigacha pul muzlatiladi.
“Afsuski, hozirda bizda roʻyxatdan oʻtish uchun yangi mavjud sanalar haqida aniq maʼlumot yoʻq, ammo biz sizning imtihoningizni imkon qadar tezroq tashkil qilish uchun barcha saʼy-harakatlarimizni qilamiz”, — deya qoʻshimcha qildi kompaniya.
Xorijiy kompaniyalar Rossiya bozorini ommaviy ravishda tark eta boshladilar. Xususan, Amerika taʼlim platformasi Coursera va Britaniya Pearson Rossiyadan foydalanuvchilar uchun kurslardan foydalanish imkoniyati cheklangan.