Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 11-apreldan yillik 17% gacha pasaytirishga qaror qildi, deya Forbes xabar bermoqda.

Markaziy bankning taʼkidlashicha, Rossiya iqtisodiyoti uchun tashqi sharoitlar qiyin boʻlib qolmoqda va bu iqtisodiy faollikni sezilarli darajada cheklaydi.

“Moliyaviy barqarorlik uchun xavflar saqlanib qolmoqda, ammo bugungi kunga qadar, shu jumladan, kapital harakatini nazorat qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar tufayli oʻsish toʻxtatildi”, deyiladi xabarda.

Tartibga soluvchi organ muddatli depozitlar uchun mablagʻlarning barqaror oqimini qayd etdi. Markaziy bank, shuningdek, yillik inflyatsiya “bazaviy taʼsir tufayli” oʻsishda davom etishi haqida ogohlantirdi, biroq oxirgi haftalik maʼlumotlar narxlarning joriy surʼatlarida “sezilarli pasayish"da ekanligini taʼkidladi.

“Bugungi qaror isteʼmol narxlari oʻsishining tezlashishi, iqtisodiy faollikning sekinlashishi va moliyaviy barqarorlik uchun xavflar balansining oʻzgarishini aks ettiradi”, dedi regulyator.

Markaziy bank 28-fevralda stavkani keskin 9,5% dan 20% ga oshirdi va bu qarorni Rossiya iqtisodiyoti uchun tashqi sharoitlarning tubdan oʻzgarishi bilan izohladi. Regulyatorning aytishicha, bu moliyaviy va narx barqarorligini saqlashga yordam beradi, shuningdek, aholi jamgʻarmalarini amortizatsiyadan himoya qiladi.

Avvalroq Rossiya Markaziy banki pul oʻtkazmalari boʻyicha yangi limitlar belgilagan edi.