Prezident farmoniga muvofiq, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk obektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi;
  • bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35% miqdoridagi dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berildi.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur bandning uchinchi xatboshisi bilan joriy etilayotgan davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish bo‘yicha tartibni ishlab chiqib tasdiqlaydi.

Avvalroq Spot MIB Toshkent aeroporti yaqinidagi mehmonxonani auksionga qoʻyganligi haqida yozgan edi.