Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv ta’minoti sohasida malakali xodimlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga koʻra, akademiya ichimlik va oqova suv xizmatlari sohasiga innovatsion texnologik yechimlar, ilmiy asoslangan zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va bu borada malakali kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona ilmlar markazi bo’lishi ko’zda tutilgan.

Suv akademiyasi:

  • ️suv ta’minoti sohasini rivojlantirishga zarur boʻlgan boshqaruv, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha kadrlar, shu jumladan, oʻrta va oʻrta-maxsus professional ta’lim, oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • ️soha xodimlarining ilgʻor innovatsion texnologiyalarni yaratish boʻyicha tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlash, ularning novatorlik gʻoyalarini ishlab chiqarishga joriy etishga koʻmaklashish uchun Suv akademiyasi ichida “Startap-akselerator” tashkil etish hamda ushbu akseleratorni Markaziy Osiyo miqyosida keng targʻib qilish;
  • ️sohada amalga oshirilayotgan investitsion siyosatga yangi boshqarish va moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan halqaro hamkorlikni amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Qaror loyihasining muhokamasi joriy yilning 23-apreliga qadar davom etadi.