Tez orada Markaziy Osiyoda ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha eng yirik loyihaga start beriladi. Bu haqda IT Park telegram kanalida xabar beriladi.
Start sanasi — 21 aprel.
Tumaris Tech’da sizni nimalar kutadi:
- Hakatonlar
 - Vorkshoplar
 - Moliyaviy savodxonlik
 - Inkubatsiya dasturlari va akseleratsiya
 - Startap loyihalarining xalqaro ko’rgazmasi
 
Loyihaning sayti ham faoliyat ko’rsatishni boshlagan.
                                                    
											
											
											
											
                            
											
											
											