Prezidentning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog’ida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan 100 mln dollar imtiyozli mablagʻlar yoʻnaltirilishi aytildi.

Ushbu qoʻshimcha mablagʻlar hisobiga ahvoli eng ogʻir boʻlgan ob’yektlarda bajariladigan ishlarning dastlabki manzilli roʻyxati shakllantirildi.

Prezident dushanba kuniyoq Moliya vazirligi 100 mlrd soʻm ssuda hamda Investitsiyalar vazirligi 100 mlrd soʻm mablagʻni ajratishi boʻyicha topshiriq berdi.

Shuningdek Mirziyoyev:

  • 337 milliard soʻm hisobidan ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash boʻyicha loyihalarni bir hafta muddatda boshlash;
  • qoʻshimcha ajratilayotgan 125 milliard soʻmga Koson, Nishon va Kasbi tumanlaridagi 150 kilometr yaroqsiz lotoklarni almashtirish;
  • qoʻshimcha ajratilgan 354 milliard soʻm evaziga yoʻllar va koʻpriklarni ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish;
  • qoʻshimcha ajratilgan 93 milliard soʻm hisobidan tibbiyot, sport ob’yektlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish ishlarini ta’minlash bo’yicha topshiriq berdi.

Kitob tumanidagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi filiali hududi orqali 15 kilometr temir yoʻl qurishiga budjetdan 50 milliard soʻm berilishi ma’lum qilindi.