Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 46,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 10,4 ming tonna qoramol goʻshti import qilingan.
Qoramol goʻshti importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 3 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qoramol goʻshtini import qilgan davlatlar:
- Belarus — 6,3 ming tonna
 - Qozogʻiston — 2,6 ming tonna
 - Braziliya — 571 tonna
 - Ukraina — 437,5 tonna
 
Mart oyining boshida Pokiston Oʻzbekistonga goʻsht yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan edi. Dastlab 18 tonna, keyin esa yana 50 konteyner go’sht jo’natilgan.
                                                    
											
											
											
                            
											
											
											
											