23-iyun kuni Oʻzbekiston tijorat banklari dollar kursini 10 900 soʻmgacha pasaytirdi. Bu fevral oxiridan beri eng past koʻrsatkichdir.

Endi barcha moliya institutlari Amerika valyutasini shu kursda sotmoqda, bu avvalgi kunga nisbatan 50 soʻmga arzon. Xarid kursi $1 uchun 10 795−10 870 soʻm oʻrtasida.

Eng maqbul xarid narxi “Aloqabank”, “Ipak yoʻli”, “Trastbank” va “Hamkorbank” ATBda — 10 870 soʻm. Yuridik shaxslar dollarni eng arzon “Ravnaq-bank” orqali 10 880 soʻmdan xarid qilishlari mumkin.

Markaziy bankda Amerika valyutasining joriy kursi 10 847,08 soʻmni tashkil etadi. Bunday koʻrsatkich oxirgi marta 24-fevralda kuzatilgan, shundan soʻng u tez surʼatlar bilan oʻsishni boshlagan.