Oʻzbekistonda 3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlandi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan 3 758 nafar fuqaroga toʻlov qaydnomalari shakllantirilib, Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazilgan.
Maʼlum qilinishicha, 28-iyun holatiga koʻra 3 722 nafar shaxsga (99%) toʻlovlar amalga oshirildi.
Joriy yil iyun oyida vaqtincha uyida yoʻqligi sababli toʻlanmasdan qaytarilgan 36 nafar fuqaroga qoʻshimcha toʻlov mablagʻlari iyul oyi toʻlovlariga qoʻshib yetkaziladi.