Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.

2022-yil 29-iyun holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45 000 — 76 000 soʻm;
  • qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000 — 88000 soʻm;
  • kartoshka (1 kg) — 2000 — 7000 soʻm;
  • piyoz (1 kg) — 2000 — 5500 soʻm;
  • sabzi (1 kg) — 1000 — 6000 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 7000 — 15 000 soʻm;
  • guruch (1 kg) — 5000 — 22 000 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 l) — 15 500 — 30 000 soʻm;
  • shakar (1 kg) — 10 000 — 18 000 soʻm.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshganligi haqida yozgan edi.