Markaziy bank 5-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, $1 — 13,41 soʻmga arzonlab, 10 836,69 soʻm etib belgilandi, €1 esa 29,19 soʻmga pasaydi va 11 315,46 soʻmga teng boʻldi.

1 ₽ (rubl) 2,41 soʻmga arzonlab, 196,58 soʻmga teng boʻldi.


Tijorat banklari

Aksariyat moliya institutlarining ayirboshlash shoxobchalarida Amerika valyutasi 10 890 soʻmdan sotilmoqda. Sotib olish stavkasi 10 780 — 10 860 soʻm oraligʻida.

Dollar eng arzon — Milliy bank, Kapitalbank, Turon bank, Aloqabank, Trastbank, SQB, Xalq banki, Trastbankda sotilmoqda. Eng qulay xarid kursi esa Savdogar bank, Asia Alliance Bank, Trastbank va Davrbankda.

Mart oyida dollar keskin koʻtarildi. Keyin stavka 10-martdan 17-martgacha har ish kunida yangilanib bordi va har kuni oʻsish tezlashdi. Agar 14-mart kuni banklar valyutani 50 soʻmga koʻtargan boʻlsa, 18-mart kuni oʻsish darhol 240 soʻmga yetdi.

Keyin Markaziy bank zaxiralar hisobiga valyuta bozoriga intervensiyani kuchaytirdi, shuningdek, banklarga kursni mustaqil ravishda belgilash va kun davomida oʻzgartirish imkonini berdi. Qoʻllab-quvvatlash choralari valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish imkonini berdi.

Xorijdan pul oʻtkazmalarining koʻpayishi taklifni oshirdi va milliy valyutaning mustahkamlanishini taʼminladi. Natijada mart oyi oʻrtalarida 6,8% ga yetgan devalvatsiyani toʻliq qaytarib olishga muvaffaq boʻlindi, bu butun 2021-yildagidan ikki baravar koʻpdir.

AQSh dollari ayniqsa iyun oyida tez pasayishni boshladi. 21-iyun kuni mart oyidan beri birinchi marta 11 000 soʻmdan pastga tushdi, ikki kundan keyin esa fevral oyining oxirga darajasiga qaytdi.