O‘zbekiston tashqi savdosining qariyb 18%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. U yerdan import qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxining qimmatlashishi mamlakatdagi inflyatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlariga ko‘ra, bu yil rubl qadrining zaiflashishi (devalvatsiyasi) emas, balki uning mustahkamlanishi kutilmoqda.

Bu esa Rossiyadagi inflyatsiya darajasining O‘zbekistonda narxlar barqarorligiga Turkiyadagi narxlarning ko‘tarilishi ga qaraganda ko‘proq bosim ko‘rsatadi.

2022-yilda Rossiyada rubl qadrining 28,4%ga ortishi hamda inflyatsiya darajasining 21,3%ga yetishi kutilayotganligini hisobga olinsa, Rossiya tovarlari jahon bozoriga 69,4% qimmatroq chiqishi mumkin (Turkiyada — 1,8%).

Buning oqibatida joriy yilda yilda Rossiyada narxlar oshishining O‘zbekistonga ta’siri 6% punktigacha yetishi mumkin.

Bu xavfning sababi, shuningdek, O‘zbekistonning umumiy importida Rossiyaning ulushi (2021-yilda 21,4%) Turkiyaning ulushi (6,7%)ga qaraganda ancha yuqori ekanligi bilan bog‘liq.

Bu omil ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo balansiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shusiz ham muvozanatlashmagan to‘lov balansini yanada kuchaytirishi mumkin.

Bu esa o‘z navbatida milliy valyuta barqarorligiga qo‘shimcha ta’sirni yuzaga keltiradi.