Markaziy bankning 2022-yil 5-avgust holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 10919 (-22.69) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 3-avgustda belgilangan 10 960 so‘m ko‘rsatkichdan buyon ikki kun davomida ketma-ket tushib, 40 so‘mga pasaydi.

Dollarning so‘mga nisbatan qiymati pasaysa ham, aksariyat banklarda sotish kursi 10 975 so‘mni tashkil etmoqda.

Sotib olish narxi esa 10 935 so‘mdan 10 960 so‘mgacha belgilangan.

Eng maqbul xarid kursini “Asia Alliance Bank”, “Ipoteka-bank”, “Poytaxt bank”, “Invest Finance Bank”, “Agrobank”, sotish kurslarini esa “Turkiston Bank”, “O'zsanoatqurilishbank”, “Mikrokreditabank”, “Asia Alliance Bank”, “Trastbank” va yana 2 ta bank taklif qilmoqda.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda iyun oyida yillik inflyatsiya 12,2%ga yetgani haqida yozgandi.