Innovatsion rivojlanish vazirligi 7 ta ilmiy loyihani moliyalashtirishni to‘xtatdi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, bajarilish muddati yakunlangan, monitoring natijasida salbiy baholangan loyihalarga sarflangan mablag‘larni hamda tasdiqlangan kalendar rejadagi tadbirlarni vaqtida bajarmayotgan loyihalarni moliyalashtirish bekor qilingan.

Loyiha bo‘yicha ishlatilgan mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasiga qaytarilishi belgilangan.

Vazirlik keltirgan moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihalar ro‘yhatida bajarilayotgan loiyhalar soni — 4 ta, yakunlangan loyihalar soni esa — 3 ta.

Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan bajarilayotgan loyihalar:

  • “O‘rmon xo‘jaligi ko‘chatxonalarida urug‘ va ko‘chat ekishning kombinatsiyalashgan yangi agregatini yaratish” loyihasi;
  • “Barqaror biologik ishlab chiqarish va shirinmiya ildizining asosiy tarkibiy qismlarini ishlab chiqish” loyihasi;
  • “Og‘ir yurakg‘qon tomir kasallkilari bilan xastalangan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishning personallashtirilgan yuqori texnologiyalarini yaratish” loyihasi.

Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan yakunlangan loyihalar:

  • “Mevag‘sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish axborot platformasini ishlab chiqish” loyihasi;
  • “Turli sxemalarda ekilgan g‘o‘za qator oralarida soya va sarimsoqpiyoz yetishtirish texnologiyasini yaratish” loyihasi;
  • “Ikkinchi Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan hissasi to‘g‘risida mulltimedia kompleksini yaratish” loyihasi.

Ularda ilmiy yangilik yo‘qligi, reja bo‘yicha ishlanmaganligi va tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi hamda loyiha haqida tushunchaga ega emasligi kabi kamchiliklar aniqlangan.

7 ta loyihaga ajratilgan mablag‘ning umumiy summasi 9,1 mlrd so‘m, chegirib qolinadigan mablag‘ esa 1,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, amalga oshirish muddati yakunlangan loyihalar bo‘yicha qoldiq mablag‘lari chegiriladigan 17 ta loyiha ham keltirilgan.


Avvalroq Innovatsiya vazirligi milliy messenjer yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Hozir arizalar qabuli davom etmoqda, muddat — 1-oktabr.