Markaziy bankning 2022-yil 6-sentabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 10980 (+22,64) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 29-avgustda belgilangan 10 900 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 80 so‘mga qimmatladi.

6-sentabr kuni ko‘pchilik banklarda sotish kursi 11 035 so‘mni tashkil etmoqda.
Sotib olish narxi esa 10 980 so‘mdan 11 000 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Agrobank”, “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank”, “Ipoteka-bank” “Kapitalbank”, “Mikrokreditbank” taklif qilmoqda.

Eng maqbul sotish kursini esa (11 030 so‘m) “Trastbank” va “Madad Invest bank” taqdim etmoqda. Qolgan banklarda sotish kursi 11 035 so‘mni tashkil etgan.