Markaziy bankning 2022-yil 7-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11063 (+34,91) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 4-oktabrda belgilangan 10 987 so‘m ko‘rsatkichdan bugunga kelib, qariyb 80 so‘mga qimmatladi.

7-oktabr kuni ko‘pchilik banklarda sotish kursi 11 120 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 080 so‘mdan 11 100 so‘mgacha belgilangan.

Eng maqbul xarid kursini “Davr-bank”, “Invest Finance Bank”, “Kapitalbank”, “Poytaxt Bank”, “Tenge Bank”, “Anor Bank” va “Asia Alliance Bank” taklif qilmoqda.

Eng maqbul sotish kursini esa “Aloqabank”, “Asakabank”, “Asia Alliance Bank”, “Davr-bank”, “Garant Bank”, “Hamkorbank”, “Invest Finance Bank” va yana 17 ta bank taqdim etmoqda.


Avvalroq “Spot” Markaziy bank “Turkiston Bank” va “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olgani haqida yozgandi.