Markaziy bankning 2022-yil 17-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11131 (+23,20) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 10-oktabrda belgilangan 11 051 so‘m ko‘rsatkichdan buyon o‘tgan hafta davomida besh marotaba ko‘tarilib, 80,18 so‘mga qimmatladi.

17-oktabr kuni barcha banklarda sotish kursi 11 185 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 130 so‘mdan 11 170 so‘mgacha belgilangan.

Eng maqbul xarid kursini “Garant Bank”, “Mikrokreditbank”, “Ipak Yo‘li Banki”, “Poytaxt Bank” va “Trastbank” taklif qilmoqda.

Eng maqbul sotish kursini esa “Tenge Bank”, “Garant Bank”, “Asakabank”, “Hamkorbank” va yana 22 ta bank taqdim etmoqda.