Hukumat qarori bilan ko‘chma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablar soddalashtiriladi.

Hujjat bilan davlat yoki jamoat mulki bo‘lgan, foydalanilmayotgan bo‘sh yerlarda ko‘chma savdo obyektari hamda mavsumiy kafelarni joylashtirish uchun ijaraga beriladi.

Bunda mazkur obyektlar vaqtinchalik asosda joylashtirilgan, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish imkoniga ega bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga ularning joylashuvi 100 kv.metr maydondan ko‘p bo‘lmasligi belgilangan.

Ko‘chma savdo obyektlari:

  • lotoklar;
  • palatkalar;
  • savdo aravalari;
  • peshtaxtalar;
  • avtodo‘konlar;
  • avtotirkamalar;
  • avtosisternalar;
  • fudtraklar;
  • tonarlar;
  • savdo avtomatlari;
  • mobil konteynerlar;
  • yengil konstruksiyalar va boshqalar.

Yangi tahrirdagi qarorga quyidagi savdo obyektining ixtisoslashuv turlari kiritilgan:

  • yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlarda saqlash va sotish;
  • yengil turdagi transport vositalarini (yengil avtomobil, velosiped, samokat, skuter va boshqalar) ijaraga berish va ta’mirlash xizmatlari;
  • elektromobillarni zaryadlash;
  • sartaroshlik xizmatlari;
  • kosmetolog xizmatlari;
  • poyabzal ta’mirlash xizmati;
  • maishiy texnika vositalarini ta’mirlash xizmati;
  • kalit yasash xizmati.

Shu va boshqa savdo shaxobchalari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Bu turdagi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun ajratiladigan yerlar auksion orqali ijaraga beriladi.


Avvalroq, hukumat qarori bilan kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya berilishi xabar qilingandi.