“O‘zEkspoMarkaz” koʻrgazmalar majmuasida “Ipak yoʻlida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Unda Namangan Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan viloyati stendi “Milliylikni uyg‘unlashtirgan stend” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Tadbir davomida Namangandagi turkompaniyalar, mehmonxonalar, muzeylar va boshqa turdagi turizm turlari bo‘yicha jami 952 ta, $7,9 mlrd.lik shartnoma imzoladi.

Mazkur ko‘rgazmada 22 dan ortiq turfirmalar, 15 ga yaqin mehmonxona, restoran, hunarmandlar, Namangan davlat muzeyi xodimlari o‘z eksponatlari bilan va boshqa turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.

Namanganning eko va ziyorat turizm, gastronomik turizm, turistik dam olish maskanlari, ko‘ngil ochar maskanlari, ekstremal turizm obyektlariga qiziqish bildirgan va aynan shu turizm turlarini rivojlantirish hamda investitsiya kiritish boʻyicha kelishuvlariga erishildi.

Jumladan 2023-yildan boshlab Namanganga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Koreya, Rossiya, Malayziya, Ozarbayjon va boshqa davlatlar bilan $1,5 mlnga yaqin sayyohlarni jalb qilish kelishilgan.