Rossiyaning Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi oʻn bir oyda $8,33 mlrd.ga yetdi va bu unga Xitoy oʻrniga yana asosiy savdo sherigi mavqeini egallash imkonini berdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida.

O‘zbekiston tashqi savdosining umumiy hajmi $44,94 mlrd.ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 18%ga o‘sdi.

Yil boshidan buyon eksport $17,36 mlrdga (+12%), import $27,58 mlrd.ga (+22,1 foiz) yetdi. Tashqi savdo taqchilligi $10,27 mlrd.dan oshib, o‘tgan yilga nisbatan qariyb bir yarim baravar ko‘paygan.

Noyabr oyida O‘zbekiston oltin eksportidan $557 mln daromad oldi. Bungacha qimmatbaho metal sotishdan tushgan tushum yetti oy davomida o‘zgarmagandi.

O‘zbekiston eksportida eng katta ulush $2,79 mlrd, import esa $5,54 mlrd bilan Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Xitoy mamlakatga asosiy tovar yetkazib beruvchi ($5,79 mlrd) va ikkinchi yirik eksport bozori ($2,38 mlrd) bo‘lib qolmoqda.

Bu ikki davlatdan tashqari Qozogʻiston ($4,19 mlrd) va Turkiya ($2,93 mlrd) Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkorlari qatoriga kiradi.

Eksport

O‘zbekiston ishlab chiqarish mahsulotlaridan eng ko‘p daromad oldi — $4,01 mlrd (+ 1,3%). Bunda $2,05 mlrd (+0,9%) gazlama va ip-kalava, yana $1,34 mlrd (-10,2%) rangli metallardan olingan. Po‘lat va cho‘yan eksporti qariyb uchdan biriga oshib, $170,9 mln.ni tashkil etdi.

Yana $1,4 mlrd (+18,8%) oziq-ovqat eksporti (asosan meva va sabzavotlar) bo‘ldi. Uchinchi oʻrinni $1,22 mlrd bilan kimyo mahsulotlari egallab turibdi, bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 24,1%ga koʻpdir. Shundan $393,8 mln.i o‘g‘itlar hisobiga to‘gri keladi.

Import

Importda mashina va uskunalar asosiy mahsulot bo‘lib qolmoqda. O‘n oy ichida ularga $8,56 mlrd (+16,2%) sarflangan.

Xususan, O‘zbekiston $1,92 mlrd.ga (+11,1%) sanoat uskunalari, $912,7 mln.ga (+15,3 foiz) elektrotexnika import qilgan.

Energiya importi $1,56 mlrd.ni (+20,6%) tashkil etib, mablagʻning asosiy qismi neft mahsulotlariga toʻgʻri keldi, talab esa 17,9%ga oshdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston noyabr oyida gaz importini tikladi va uning miqdori $104,8 mln.dan oshdi.