Markaziy bankning 2023-yil 11-sentabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11 322 (+16,82) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 10-yanvarda belgilangan 11 284 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qariyb 40 so‘mga qimmatladi.

12-yanvar kuni aksariyat banklarda sotish kursi 11 360 so‘mni, ba’zilarida esa 11 380 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 320 so‘mdan 11 340 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Davrbank”, “Anorbank, “Asia Alliance Bank”, “Garantbank” va yana 18 ta bank taklif qilmoqda.

Eng maqbul sotish kursini esa (11 335−11 340 so‘m) “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank”, “Kapitalbank” va “Davrbank” taqdim etmoqda. Qolgan banklarda sotish kursi 11 320 so‘mni tashkil etgan.