Telegram messenjerning 2023-yildagi ilk yangi versiyasini taqdim etdi. Endi Android, iOS va macOS uchun 9.4, shaxsiy kompyuter uchun esa 4.6 versiyalari mavjud.

Messengerda profil rasmini yaratish vositasi, butun chatlarni tarjima qilish, emoji turkumlari va boshqa imkoniyatlar paydo boʻldi. Ulardan ba’zilari faqat pullik Telegram Premium obunasi uchun mavjud.


Profil rasmini yaratish vositasi

Foydalanuvchi istalgan stiker yoki animatsiyali emojini hisoblar, guruhlar yoki kanallar uchun profil rasmiga tezda aylantirishi mumkin.

Istalgan foydalanuvchi hatto Telegram Premiumga ega boʻlmasa ham ushbu rasmlar uchun animatsiyali va maxsus emojilardan foydalanishi mumkin.

Telegramda kontaktlarni tahrirlayotganda ular uchun profil rasmlarini belgilash yoki taklif qilishi mumkin.


Butun chatlarni tarjima qilish (Premium)

Premium foydalanuvchilar endi yuqoridagi Tarjima paneli yordamida butun chatlar, guruhlar va kanallarni tarjima qilishi mumkin.

Parametrlar menyusi panelni berkitish va qaysi tillar tarjima qilinishini boshqarish imkonini beradi.

Barcha foydalanuvchilar alohida xabarlarni tanlash va “Tarjima qilish” tugmasini bosish orqali tarjima qilishi mumkin.


Emoji turkumlari

Stiker va emojilar endi panelda va reaksiyalar yoki statuslarni tanlayotganda turkumlar asosida saralanadi. Emojini yuborishdan oldin ustiga bosib turish uni toʻliq hajmda koʻrish imkonini beradi.


Tarmoqdan foydalanish

Wi-Fi va mobil internet uchun batafsil doiraviy diagrammalar bilan Telegram qancha trafik ishlatganini koʻrish va trafik rejaga mos kelishi uchun avtomatik yuklab olish sozlamalarni oʻzgartirish mumkin.


Kiruvchi mediani avtomatik saqlash

Sozlamalarda qurilma galereyasiga avtomatik ravishda saqlanadigan chat turlarini tanlash, shuningdek, saqlanadigan media fayllar hajmi va turini belgilash mumkin.

Bundan tashqari, faqat kerakli rasm va videolar saqlanishi uchun alohida chatlar uchun istisno qoʻshish mumkin.

Telegram bilan hammasini qurilmaga saqlash shart emas. Media va hujjatlar qurilmangiz xotirasidan olib tashlanishi va istalgan paytda Telegram bulutdan qayta yuklab olinishi mumkin.


Media yuborish ruxsatlari

Adminlar guruh aʼzolari rasmlar, videolar, ovozli yoki video xabarlar kabi 9 ta turli media turini yuborishga ruxsat berish yoki bermaslikni tanlashi mumkin.

Faqat media yuboriladigan guruhlarni yaratish uchun matnli xabarlarni faolsizlantirish imkoni ham paydo boʻldi.


Yillik Premium obunasi

Telegram Premiumning bir yillik obunasiga toʻlov qilishingiz va 40% chegirma bilan ekskluziv funksiyalardan foydalanish mumkin.

telegram, yangilanish


Apple va Google ID bilan qayta hisobga kirish

Hisobidan chiqqan foydalanuvchilar “Apple” yoki “Google” ID yordamida SMS kodni kiritmasdan tezda qayta kirishi mumkin.

Agar foydalanuvchi 2 bosqichli tekshiruv parolini sozlagan boʻlsangiz, uni kiritishi kerak boʻladi.