Avvalroq, davlat rahbari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga tabrik yo‘llagandi.

Unda davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlarning yaratilgani barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish uchun zamin bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlangan.

Mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi hamda yaqin qardoshlik rishtalaridan kelib chiqib, o‘zaro yordam almashildi.

O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta “Volkswagen Caddy” tez yordam mashinalarini jo‘natdi. Bu haqda UzA nashri xabar bermoqda.

Bundan oldin, Turkmaniston rahbari O‘zbekistonga bepul suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha tegishli farmonni imzolagandi.


2022-yil 14-dekabr kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan tabiiy gazi importi 1,5 mlrd kub metrga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay Turkmaniston sovuq havo tufayli O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi. 21-yanvardan esa gaz eksportini qayta tikladi.