“Unicorns” startap tanlovining uchinchi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda.

Bu mavzumda Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatidan loyihalarga asosiy grant mablag‘i ajratiladi. Shuningdek, respublika bo‘ylab boshqa ishtirokchilarga investitsiya mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Unda 18−30 yosh oralig‘idagi yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oya va startap loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin.

Ekspertlar tomonidan ma’qul deb topilgan eng yaxshi 15 ta startapning har biri 10 mln so‘m grant bilan taqdirlanadi.

Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi esa 150 mln so‘mni tashkil etadi. Qo‘shimcha ravishda eng yaxshi loyihalarga venchur jamg‘armalar tomonida $100 000 gacha investitsiya kiritiladi.

Unga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:

  • IT-ishlanmalar;
  • FinTech va Moliyaviy xizmatlar;
  • turizm;
  • BuildTech (Arxitektura) va Uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalarning davlat xizmatlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • AgroTech va FoodTech (Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati);
  • energiya, tejamkorlik va portativ energiya manbalari;
  • avtonom va robotli tizimlar;
  • tibbiyot, farmakologiya va biotexnologiyalar;
  • transport va logistika xizmati;
  • tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish, smart retail;
  • EdTech, HRTech, xarid faoliyati;
  • AdTech va AI reklama;
  • media, o‘yinlar xizmati;
  • xavfsizlik, biometriya, kompyuter ko‘rish;
  • ijtimoiy texnologiyalar (ekologiya, sport, shahar muhiti);
  • virtuallik, qo‘shilgan va aralashgan reallik;
  • umumiy iste’mol/foydalanish va boshqalar.

Ishtirokchilar platforma orqali loyihalari haqidagi to‘liq taqdimotni joylashtirishi kerak.

Unda loyiha haqidagi ma’lumotlar bilan birga, taklif etilayotgan mahsulot/yechim, u hal qiladigan muammo, bozor, jamoaning tarkibi va vakolatlari, maqomi va erishilgan yutuqlari, qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun maqsadlar va ehtiyojlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.

Bitta ishtirokchi yoki jamoa tanlovga uchtadan ko‘p bo‘lmagan ariza topshirishi mumkin.

Akseleretasiya bosqichi uchun jami 150 ta loyiha tanlab olinadi. Bunda Qashqadaryodan 20ta, Samarqanddan 20 ta hamda Toshkent viloyatidan 20 ta (jami 60) ta loyiha tanlanadi.

Shuningdek, $100 000 lik venchur investitsiya uchun jami 90 ta loyiha jalb qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 21-maygacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda. Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishish mumkin.


Avvalroq umumiy jamg‘armasi $1 mln.ni tashkil etuvchi “President Tech Award” tanloviga arizalar qabuli boshlangandi.