Hozirgi kunda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan ayollarning har tomonlama rivojlanishi va martaba pog‘onasidan ko‘tarilishlari uchun ko‘plab sharoitlar yaratilmoqda. Mentorlik dasturlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘quv kurslari va xotin-qizlar uchun IT’dagi akseleratorlar bunga yaqqol misoldir. Biroq, biron ishga qo‘l urish uchun ayollarda ko‘pincha o‘ziga ishonch va jurʼat yetishmaydi. Va bunday hollarda xuddi shu yo‘ldan ketgan va qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan boshqa ayollar yordamga kelishadi.

Wonder Women xalqaro hamjamiyati aynan shuni maqsad qilib qo‘ygan. Uning asoschisi Rada Islamova 2020-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi “opa-singil” muhitida birlashtirishga qaror qildi. Intervyuda g‘oya tashabbuskori muvaffaqiyatli va kengayib borayotgan loyiha, uning individual, institutsional va mamlakat darajasidagi afzalliklari va global missiyasi haqida gapirib berdi.

reklama, wonder women

Wonder Women hamjamiyati qachon va qanday paydo bo‘ldi?

Ijozatingiz bilan eng boshidan boshlasam. Men O‘zbekistonda tug‘ildim va bolaligim shu yerda o‘tdi. Biroq taqdir taqozosi bilan yuqori sinflarda oilam bilan Rossiyaga ko‘chib, oliy maʼlumotli bo‘ldim. Kasb yo‘lim keng qamrovli sport tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq edi. Keyinchalik esa Ostona Ekspo-2017 tashkiliy qo‘mitasining taklifiga ko‘ra yashash va ishlash uchun Qozog‘istonga ko‘chib bordim. Jami 12 yil davomida korporativ sektorda ishlab, turli mamlakatlarda, turli darajalarda va turli sohalarda xotin-qizlarning martaba pog‘onasi qanday qurilishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldim (ayniqsa ular his tuyg‘ularga to‘la, har doim o‘sish va rivojlanish istagi bilan yashasa).

Hammasi ham doim yaxshi kechmagan. Imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik juda qiyin bo‘lgan, chunki ko‘pchilik ayol kishi ekanligim uchun menga ishonchsizlik bilan qarardi. Dunyo bo‘ylab, shu jumladan, MDH mamlakatlaridan boshqa qizlarning ko‘plab hikoyalarini tinglaganimdan so‘ng, men ishlaydigan ayollarni barchasini global miqyosda bitta og‘riqli muammo qiynashini tushundim.

Bu vaqtga kelib, menda o‘zimning professional va hayotiy tajribam bilan o‘rtoqlashish va turli mamlakatlardagi xotin-qizlarga o‘zlarini anglashlariga yordam berish istagi tobora kuchayib borardi.

O‘shanda men sport tadbirlaridagi o‘zimga eng yoqqan yana bir jihatni esladim — bu birlik ruhi, jamoaviy ruh. Shu bois men o‘z tajribam va bilimim bilan qurollanib, “Opa-singillik va birlik” tamoyili negizida turli mamlakatlar ayollarini birlashtiradigan va ularga jamiyat ichida o‘sib, rivojlanib borishga imkon yaratadigan platformani tashkil qilishga qaror qildim. Shu asnoda Wonder Women hamjamiyatimiz paydo bo‘ldi.

Wonder Women hamjamiyatining asosiy maqsadi qanday? U jamiyatga qanday foyda keltiradi?

Wonder Women hamjamiyatining missiyasi quyidagicha: “Biz xotin-qizlarni birlashtirib, ilhomdan harakatga o‘tishga yordam beramiz”.

reklama, wonder women

Jamiyatning eng muhim loyihalaridan biri — bu Wonder Women Mentorship mentorlik dasturi. Dastur butun dunyo bo‘ylab xotin-qizlarning maqomi, yutuqlari va yashash joyidan qatʼi nazar kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga, ularni qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Dasturning iqtisodiy rivojlanishdagi muvaffaqiyati va zaruriyati quyidagi raqamlar bilan tasdiqlanadi: har uch bitiruvchidan ikkitasi shaxsiy daromadlarini o‘rtacha 245% ga oshirdi va ular ishlayotgan kompaniyalar xodimlarining o‘zgarishi va egallangan kasbiy mahorat va bilimlarni qo‘llanishi hisobiga o‘z daromadlarini ¾ ga oshirdi. Va bu, tushunganingizdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissadir.

Bundan tashqari, biz Olmaota va Toshkentda Wonder Women Talks oflayn uchrashuvlarini o‘tkazyapmiz va yaqinda Wonder Women Community obunasini yo‘lga qo‘ydik, bu dasturning istalgan bitiruvchisiga unda qolish va zarur bo‘lganda doimiy va har tomonlama ko‘mak olish imkonini beradi. Butun faoliyatimizdan maqsad ulashish mumkin bo‘lgan amaliy, kasbiy va hayotiy tajriba atrofida insonlarni birlashtirishdir.

Va bu yerda biz nafaqat biznesdagi ayollar, balki yollanma ishchilar yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadiganlarni ham ko‘zda tutamiz. Natijada har bir ayol o‘zi uchun qulay formatni tanlab, aynan o‘ziga kerak bo‘lgan yordamni olishga muyassar bo‘ladi.

Qanday loyihalarni amalga oshirishga ulgurdingiz? Qanday muvaffaqiyatga erishdingiz?

Bugungi kunda Wonder Women hamjamiyatimiz 40 ta mamlakat va 140 ta shahardan 10 mingdan ziyod xotin-qizlarni birlashtirdi va bunda asosiy eʼtibor Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratildi.

Oxirgi ikki yil ichida Wonder Women BMT bilan hamkorlikda 5 ta, Qozog‘istondagi yirik brendlar bilan 4 ta va O‘zbekistonda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan 1 ta loyihani amalga oshirdi hamda IT Park Uzbekistan tomonidan Tumaris.Tech bosh hamkori bo‘ldi.

reklama, wonder women

Jamiyatimizdagi ayollarning baʼzi shaxsiy yutuqlariga alohida eʼtibor qaratmoqchiman. Masalan, bizga IT mutaxassisi Benazir (Qozog‘iston) murojaat qildi, u Apple‘ning sertifikat olish dasturidan foydalanishni juda istardi, ammo jurʼati yetmayotgandi. Wonder Women mentorlik dasturidan o‘tib, u nafaqat dastur ishtirokchilari safiga kirdi, balki uni muvaffaqiyatli tugatdi va dunyodagi eng yosh va Qozog‘istonda bunday sertifikat olgan yagona qiz bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda qanday loyihalar ustida ishlayapsiz?

Ayni paytda biz Kotex brendi O‘zbekiston va Qozog‘istonda qo‘llab-quvvatlagan yirik va juda muhim loyihani amalga oshirmoqdamiz: “Demak, men ham uddalayman”.

Loyihaning asosiy maqsadi xotin-qizlarning haqiqiy misollari orqali o‘zlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyatlar doimo borligini ko‘rsatib berishdir. Bunda eng asosiysi qo‘rqmaslik, dadillik va harakatda bo‘lishdir, chunki natijaga faqat intilish bo‘lgan joyda erishiladi. Turli stereotiplar esa yo‘limizga to‘g‘anoq bo‘lmasligi kerak.

O‘zbekistonda biz “Odamlar nima deydi?” videoloyihasi orqali xotin-qizlar karyerasi atrofida tarqalgan stereotiplar haqida so‘z yuritamiz. Uch nafar qahramon ayol o‘z misolida platformalaridagi video tarixlarida ayol kishi xohishini boshqalarning fikridan qo‘rqmay qanday ro‘yobga chiqarishi mumkinligini gapirib beradi.

Ular Samira Latipova — O‘zbekistondagi eng yirik oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Express24'ning “product owner”, Nargiza Alikulova — uch farzandning onasi, ijodkor shaxs va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasining matbuot kotibi, Maftuna Axadova — Toshkentdagi Impact.T Technology Hub, IT-xab va kovorking boshqaruvchisi.

Maxsus loyihaning boshqa qismi — “Ne solidno” (“Savlatli emas”) mavzusini Markaziy Osiyoning Spring Media nashrida yoritish. Unda biz o‘z kasbida hamma kabi, masalan, ofisda o‘tirib qilinadigan ishni emas, balki ijodiy yo‘nalishlarni tanlagan ayollar haqida gapiramiz. Asosiy g‘oya shundaki, agar inson chindan ham o‘zini ijobat qilishni istagan sohani tanlasa, unda albatta niyatiga erishadi. Bu yerda gap yana o‘z yo‘lidan ketishda (garcha boshqalarning xohishiga mos kelmasada) kerak bo‘ladigan jasurlik haqida ketadi.

Loyihaning davomi — O‘zbekistonning eng nufuzli davlat oliygohlarida Wonder Women Talks (ommaviy maʼruzalar) seriyasi taqdim etilishi. Mamlakatdagi yuqori natijalarga erishgan ayollar, fikrlar tashabbuskorlari biz bilan talaba qizlar uchun o‘tkazilayotgan uchrashuvlarga tashrif buyuradi.

Shu vaqtgacha biz Farg‘ona va Samarqand davlat universitetlarida bo‘ldik. U yerda inson huquqlari bo‘yicha yurist va huquq himoyachisi Dilfuza Kuralova va Amerika savdo palatasining O‘zbekistondagi ijrochi direktori Tatyana Bistrushkina so‘zga chiqdilar. Universitet xotin-qizlarining yonayotgan ko‘zlarini ko‘rish tengsiz baxtdir. Va har safar tadbir oxirida qizlar bizni uzoq vaqt qo‘yib yubormaydilar, ular gaplashishni, maslahat va yordam olishni xohlashadi. Bunday lahzalarda biz qilayotgan ishimiz qanchalik muhimligini, biz ayollar orasida “opa-singillik” muhitiga talab qanchalik yuqori ekanligini his qilaman.

reklama, wonder women

31 may kuni biz Toshkent davlat pedagogika universitetida uchrashuv o‘tkazamiz, unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova va Osiyo taraqqiyot banki matbuot kotibi Nargiza Alikulova o‘zlarining ilhomlantiruvchi maʼruzalari bilan o‘rtoqlashadilar. Loyiha doirasida Markaziy Osiyodagi ayollar uchun eng yirik ommaviy axborot vositaci — Manshuq Media’da material tayyorlanadi.

Wonder Women global missiyasi nimadan iborat?

Men va mening jamoam uchun Markaziy Osiyoda xotin-qizlarni o‘qitish, ilhomlantirish va o‘rgatish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish juda muhimdir. Strategik jihatdan kasbiy shakllangan va rivojlanishga intilayotgan ayol bugungi kunda jamiyat uchun juda muhim. Bu haqida doimo va baralla gapirish kerak. Yorqin misollarni ko‘rsatish ayollarni hayotida turli dadil harakatlarni bajarishga undaydi, ilhomlantiradi.

Mintaqada ayollarning rivojlanishi va o‘zini o‘zi anglashi qo‘llab-quvvatlanishi kerakligini tushunadigan kompaniyalar borligidan xursandmiz. Va ular bizning g‘oyalarimizni onlayn va oflayn loyihalar formatida amalga oshirish uchun o‘z resurslarini taklif qilishganda, biz mamnuniyat bilan rozi bo‘lamiz.

Qo‘shimcha tarzida aytamanki, biz Wonder Women auditoriyasi bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatdik. So‘nggi ikki yil ichida turli mamlakatlardan kelgan minglab ayollar bilan suhbatlashib, ularni nima qiynayotgani, nima yetishmayotganini tushunib yetmoqdamiz.

Bu kabi maxsus loyihalar orqali esa biz xotin-qizlarni chindan o‘ylantiradigan va o‘z tafakkurini o‘zgartirishga yordam beradigan mavzularni ko‘tarishga va harakatga chorlashga muvaffaq bo‘lmoqdamiz.

Sayt: wonderwomenhub.com

Reklama huquqlari asosida.