1−3-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Tuyap Yarn Fair-2023 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonning yirik kompaniyalaridan bo’lgan — Bakan Tex va FT Textile Group ishtirok etmoqda.

bakan tex, реклама

Bakan Tex, FT Textile Group 2017-yilda tashkil etilgan. Ayni paytda kompaniyalar, Germaniyaning yetakchi kompaniyalarining ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda kuniga 64 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega paxta iplari va ochiq kalava-ip ishlab chiqarishadi.

bakan tex, реклама

Fabrikalarda avtomatlashtirish darajasi 96% bo’lib, butun ishlab chiqarish zanjiri zamonaviy uskunalar bilan amalga oshiriladi.

Korxonalar kalava ipning yuqori sifati, shartnoma majburiyatlari va ishlab chiqarish texnologiyasiga qat’iy rioya qilingani tufayli fabrikalar barcha mahsulotlarining yarmidan ko‘prog‘ini eksport qilmoqda. Hamda korxonalarda Ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Kompaniyalar OEKA-Tex Standard 100, ISO-9001, BSCI, GOTS kabi sertifikatlar bilan taqdirlangan.

bakan tex, реклама

O‘tgan besh yilda korxonalar nafaqat mahalliy, balki yirik xorijiy kompaniyalar bilan ham eksport-import shartnomalari tuzdi va buning natijasida yuqori tovar aylanmasiga erishdi.

Bugungi kunda kompaniyada 700 dan ortiq kishi ishlaydi. Rahbariyat ularni muntazam ravishda tayyorlash va malakasini oshirishga katta e’tibor beradi, chunki har bir korxonaning rivojlanishi bevosita uning xodimlarining o’sishiga bog‘liq.

bakan tex, реклама

Kompaniyalar o’z hamkorlariga moslashuvchan shart-sharoitlarni taklif qilib, hamkorlik uchun doimo tayyorligini bildirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.