Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominatsiya qilinishi yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Xabarlarda pul birligining 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025-yilgacha parallel ravishda muomalada bo‘lishi aytilgandi.
“Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Hukumati va Markaziy bank tomonidan ko‘zda tutilmagan”, — deyiladi regulyator xabarida.
Avvalroq O‘zbekistonda banknotlar uchun yangi turdagi himoya qog‘oz ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.
Markaziy bank 2022-yilning 15-iyulidan boshlab yangi koʻrinishdagi 200 000 soʻmlik banknot chiqarilishi haqida maʼlum qilgandi.
Shuningdek, 26-dekabrdan nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqargandi.
