Markaziy bankning 2023-yil 4-iyul holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11534 (+12,86) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 26-iyunda belgilangan 11 469 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 65 so‘mga qimmatladi.

4-iyul kuni barcha banklarda sotish kursi 11 590 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 480 so‘mdan 11 540 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Sanoatqurilishbank”, “Turonbank”, “Poytaxtbank” “Trastbank” kabi banklar taklif qilmoqda.

Sotish kursi esa deyarli barcha banklarda 11 590 so‘mdan amalga oshirilmoqda. “Mikrokreditbank” sotish kursini 11 595 so‘m qilib belgiladi

Dollar kursining 11 300 so‘mlik ko‘rsatkichdan o‘tishi 16-martda kuzatilib, valyuta kursi 11 380 soʻmni tashkil qilgandi.