Yangi tizim tufayli, agar akkauntga yangi uskuna ulansa va undan shubhali harakatlar amalga oshirilsa, masalan, PIN-kodni o’zgartirish yoki pul o’tkazish kabi, bu holda asosiy funksiyalar blokirovkasi ishga tushadi. Firibgarlar hatto foydalanuvchi hisobida pul bor yoki yo’qligini ham ko’ra olmaydilar. Himoyalanishning oddiy usuli — oldindan identifikatsiyadan o’tish, selfi qilish va shu orqali akkaunt haqiqatdan ham foydalanuvchiga tegishli ekanligini tasdiqlash.

click, reklama

Identifikatsiya qanday ishlaydi

Identifikatsiya foydalanuvchini masofadan turib uning davlat biometrik bazasida saqlanuvchi jismoniy ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda tanish imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, ilova foydalanuvchini yuzidan tanishi va akkauntga kirishga ruxsat berishi mumkin. Mazkur funksiyadan 16 yoshga to‘lgan barcha O‘zbekiston fuqarolari foydalanishi mumkin. Buning uchun Click Up ilovasi o‘rnatilgan smartfon, shuningdek JShShIR yoki pasport/ID-karta ma’lumotlari kerak.

Mazkur xizmat bepul va barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.

click, reklama

Identifikatsiyadan qanday o‘tish mumkin

Jarayon juda oson va atigi bir necha daqiqa talab qiladi:

  • Click Up ilovasini ochish kerak;
  • ilova bosh ekranidagi banner yoki ekranning chap va yuqori burchagidagi “Identifikatsiyani boshlash” tugmasini bosish kerak;
  • kerakli ma’lumotlarni kiritib, yuzni tanish jarayonidan o‘tish kerak bo‘ladi.

Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi nafaqat qo‘shimcha ishonchli himoyaga, balki bir qator yoqimli afzalliklarga ham ega bo‘ladi: identifikatsiyalangan foydalanuvchilar hamyonida 500 mln so‘mgacha mablag‘ saqlashi va oyiga 30 mln so‘mgacha mablag‘ o‘tkazishi/sarflashi mumkin.

Identifikatsiyadan faqat bir marta o‘tiladi va u foydalanuvchining pasporti yoki ID-kartasi amal qilish muddati o‘tmagunicha amal qiladi. Agar foydalanuvchi telefonini o‘zgartirsa, yangi uskunadan Click akkauntiga kirganda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  • “Cheklovlarni hoziroq yechish”, so‘ng “Shaxsni tasdiqlash” tugmasini bosish;
  • Selfi qilish.

Barcha cheklovlar shu ondayoq yechiladi va foydalanuvchi Click Up ilovasining barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

click, reklama

Identifikatsiya — pullarni saqlashning va akkauntni firibgarlardan saqlashning ishonchli usullaridan biridir.

Rasmiy sayt: click.uz
Facebook: fb.com/click.uz
Instagram: @clickuz
Telegram-bot: t.me/clickuz
Telegram: t.me/click_uz

Reklama huquqlari asosida.