Bojxona qo‘mitasi tomonidan “E-Tranzit” mobil ilovasining 2.0 talqini ishlab chiqildi. Bu haqda qo‘miyta matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur ilova orqali chegara-bojxona postlaridan avtotransport vositalarida o‘tganda rasmiylashtiruv jarayonlarini soddalashtirish va chegaradan o‘tish vaqtini sezilarli qisqartirish mumkin.

Ilovaning yangi versiyasida quyidagi funksiyalardan foydalanish mumkin:

  • chegara postida amalga oshiriladigan to‘lovlarni oldindan hisoblash;
  • to‘lovlarni oldindan to‘lash uchun hisob raqam olish;
  • to‘lovlarni “Payme” ilovasi orqali to‘lash;
  • plastik karta orqali to‘lovlarni ilovaning o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lash;
  • ilovaga bank plastik kartalarini kiritish.

Bundan tashqari, to‘lov varag‘i detalizatsiyasi amalga oshiriladi.

Shuningdek, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ilovaga biometrik identifikatsiya yoki pin-kod orqali kirish imkoniyati yaratildi.

Ilovani Android tizimi uchun havola orqali yuklab olish mumkin.

Yil boshida tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish hamda rasmiylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarni “E-Tranzit” axborot tizimi orqali amalga oshirish belgilangandi.

Iyun oyida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida raqamli hujjatlashtirish tizimi orqali yuk tashish yo‘lga qo‘yilgandi.