Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Hududgaz Poytaxt"ga tayanib xabar berdi.

Gaz ta’minoti joriy yilning 30-oktabr kuni 08:00dan 31-oktabr kuni soat 20:00gacha mazkur tumanlarning belgilangan manzillarida vaqtincha to‘xtatiladi.

Yunusobod tumanida:

  • Yunusobod-2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-dahalari;
  • “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Turkiston”, “Bobodehqon”, “Obod” mahallalari qisman;
  • Moyqo‘rg‘on, Registon, Mirzaahmedova ko‘chalari hamda ToshGRES mittitumanidagi xonadonlar.

Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarida joylashgan ulgurji iste’molchilar:

  • 1-sonli qozonxona;
  • “Yunusobod metan”, “Edem” bolalar uyi, “Drim gaz”, “Xubit gaz”, “Laziz savdo”, “Aleks Ploya biznes”, “Deluks trans servis”, “Nak Absolyut” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS);
  • “Edem” bolalar uyi;
  • “Deutsche Kabel AG”, “Toshkent fayz agro”, “Macro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;
  • “New Medical Services” klinikasi;
  • 19-daha ro‘parasidagi maishiy xizmat majmuasi.

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi qator manzillarda gaz bosimi pasayishi kutilmoqda. Shundan kelib chiqib, fuqarolardan gaz uskunalariga e’tiborli bo‘lib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

Avvalroq prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatgandi.