Toshkent shahrida jamoat transportining yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirish maqsadida ayrim harakatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 22-noyabrdan boshlab “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 74-sonli “Nayman mahallasi — Chilonzor metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati Nayman mahallasi bekatidan Ferma bekatigacha uzaytirilmoqda.

Yo‘nalishning Chilonzor metrosi tomon harakati Bunyodkor ko‘chasi orqali (Gavhar ko‘chasi orqali Olmazor metrosi bekatiga kirmagan holda) o‘zgartirildi.

avtobus qatnovi, jamoat transporti, toshkent shahri, transport harakati

“7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 141-sonli “Karvon bozori — Paxtakor metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati KHAYdan Bog‘iston, Muqimiy, Samarqand darvoza, Qoratosh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab o‘zgartirildi

avtobus qatnovi, jamoat transporti, toshkent shahri, transport harakati

Shuningdek, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 161-sonli “Erkin mahallasi — Olmazor metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati Erkin mahallasidan Quyoshli qo‘rg‘onigacha uzaytirilgan.

avtobus qatnovi, jamoat transporti, toshkent shahri, transport harakati

Bundan tashqari, 23-noyabrdan boshlab, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 158-sonli “Quyoshli qo‘rg‘oni — Do‘mbirabod mavzesi” avtobus yo‘nalishining harakati to‘xtatilmoqda.

avtobus qatnovi, jamoat transporti, toshkent shahri, transport harakati

Joriy yilning 10-noyabridan 12, 26, 54, 30, 133, 73 hamda 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirilgandi.

Shu bilan birga, Toshkent aeroportiga olib boruvchi 10ta avtobus harakati qayta tiklanib, 11, 40, 45, 47, 61, 67, 76, 77, 94 va 106-sonli avtobus yo‘nalishlari yangi ko‘prik yo‘li orqali harakatlanishni davom ettirmoqda.