“Bloomberg” nashri 2023-yilning dunyodagi eng badavlat oilalari reytingini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, $305 mlrd boyligi bilan birinchi o‘rinni BAAning hukmron sulolasi Ol Nahayon egalladi.

Reytingda ikkinchi o‘rinda “Walmart” do‘konlar tarmog‘i asoschisi Sem Uoltonning oilasi ($259,7 mlrd), uchinchi o‘rinda “Hermes” brendi egalari Hermes oilasi ($150,9 mlrd) joy oldi.

Ulardan keyingi o‘rinda $141,9 mlrd bilan “Mars” brendiga egalik qiluvchi Mars oilasi joylashgan. Kuchli beshlikni Qatarda hukmron shayxlar va amirlar sulolasi Al Tani ($133 mlrd) yakunladi.

Agentlikning qayd etishicha, ayrim oilalarning boyligiga neft sohasiga jalb qilingani yordam bergan.

Umuman olganda, dunyoning 25 ta eng badavlat oilasi bir yil ichida $1,5 trln ko‘proq pul oldi.

Shu bilan birga, 2023-yil boshidan beri Rossiyaning eng badavlat kishilarining umumiy boyligi $38,575 mlrdga oshgan.

“Lukoyl” asoschisi Vagit Alekperov hammadan ko‘ra boyib ketdi. Yanvardan dekabrgacha uning boyligi $9,14 mlrdga oshib, $24,5 mlrdga yetdi.

“Interros” boshqaruv kompaniyasining egasi va prezidenti Vladimir Potanin eng boy bo‘lib qolmoqda. Tadbirkor $30,7 mlrd boyligi bilan rossiyalik milliarderlar reytingida yetakchilik qilmoqda.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylangani haqida yozgandi.

“Bloomberg” talqini bo‘yicha Mask $222 mlrd boylik bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.