Avvalroq “Spot” Kiberxavfsizlik markazi taqdim etgan ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn firibgarliklar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamlagandi.

Unda taniqli shaxslar nomidan sun’iy intellektga asoslangan dasturlar yordamida ishlov berilib, audio va videoyozuvlarni soxtalashtirish orqali turli guruh va kanallarda ularni keng tarqatish holatlari kuzatilayotgani ta’kidlangandi.

Ayniqsa, Shavkat Mirziyoyev nomidan turli yolg‘on xabarlar tarqatilishi holati ko‘p uchramoqda. Markaz firibgarlar tomonidan prezident videotasviriga sun’iy intellekt yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni yana bir soxtalashtirish holatini aniqladi.

Unda go‘yoki “Instagram” va “Facebook” hamda “Telegram” orqali turli xil kanal va guruhlarda go‘yoki firibgarlar jazosiz qolmasligini ta’kidlab, “brokerlarga aldanib qolgan fuqarolarga pullarini undirib berishni hisobga olib, yuridik xizmatlarini yaratdik” mazmunida soxta ma’lumot berilgan.

Markaz aslo ularga ishonmaslikni, bu xabarlar yolg‘onligini ta’kidlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning haqqoniyligini aniqlash uchun ularning rasmiy manbalari orqali qayta tekshirib ko‘rish zarur.

Davlat rahbari nomidan tarqatilgan navbatdagi xabar ham “halol savdo orqali tez fursat ichida mo‘may daromad olish"ni va’da qiladi. Bu haqda “Antifake.uz” sayti ma’lum qildi.

Biroq, bunda ham prezident tasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida ishlov berilib, video ovozi soxtalashtirilgan. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlab chiqaruvchi yoki raqobatchini obro‘sizlantirish yoxud iqtisodiy zarba berish maqsadida asoslanmagan, yolg‘on ovozli, foto va videoxabarlarni tarqatish Jinoyat kodeksining 192-moddasida belgilangan javobgarlik bilan jazolanadi.

Tuhmat, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 139-moddasida javobgarlik belgilangan.


Avvalroq Toshkentda “Click” orqali fuqaro bank kartasidan mablag‘ o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘lgandi. Firibgarlar fuqaroning 250 mln so‘m miqdoridagi mablag‘ini o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflagani aniqlandi. Holat