“Duolingo” til o‘rganish ilovasi tarjimonlarni ishdan bo‘shatmoqda, deya xabar bermoqda “ixbt” nashri.

Tarjimonlar “Reddit” tarmog‘ida “Duolingo” til o‘rganish xizmati tarjimonlarni ishdan bo‘shatib, ularni sun’iy intellekt bilan almashtirayotgani haqida yozishmoqda.

Xususan, No_Comb_4582 nomli foydalanuvchi 5 yillik mehnatidan so‘ng kompaniyadan ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

“Ular allaqachon kontent yaratish va tarjimalar uchun sun’iy intellektdan foydalanishni boshlagan. Shu sababdan meni tarjimonlikdan bo‘shatishdi”, deb yozadi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, platforma dekabr oyidan boshlab xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qila boshlagan.

Xodimlardan biri kompaniya tomonidan yuborilgan ishdan bo‘shatish tafsilotlarini oshkor qilgan elektron pochta skrinshotini ham baham ko‘rdi.

duolingo, ishdan bo'shatish, tarjimonlar

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning mingga yaqin xodim ishdan bo‘shatilgan.

Biroq, barcha xodimlar ham bo‘shatilmagan, sun’iy intellektlarni ishini nazorat qilish uchun ayrim mutaxassislar faoliyatini davom ettirmoqda.

“Duolingo” o‘quv jarayonida birinchi marta generativ sun’iy intellektdan foydalana boshlagani o‘tgan yilning mart oyida ma’lum bo‘lgandi. Kompaniya GPT-4 bilan o‘rganishni o‘z ichiga olgan “Duolingo Max” ro‘yxatini yaratdi.