29-yanvar kuni Adliya vazirligi kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Hujjat bilan, tartibga solish qumdoni bilan ishlashish, uning ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va ular faoliyatini monitoring qilish tartibi belgilangan. 2023-yil oxirida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nizom loyihasini e’lon qilgandi.

“Qumdon” prezidentning sentabrdagi qaroriga muvofiq xorijiy investorlarning qimmatli qog‘ozlar mahalliy bozoriga kirishini ta’minlashga qaratilgan. Uning ishtirokchilari xorijiy investitsiya banklari, brokerlar, kastodianlar va boshqa investitsiya vositachilari bo‘ladi.

“Tartibga solish qumdoni” doirasida faqat O‘zbekistonda tan olingan xorijiy yurisdiksiyalardan birining qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ishlashga ruxsat etiladi. Ularning ro‘yxati NAPP tomonidan tasdiqlangan.

Xususan, ro‘yxatga 38ta davlat kiritilgan bo‘lib, ulardan investitsiya vositachilari o‘z profili bo‘yicha mahalliy litsenziyasiz ishlashlari, filial yoki yuridik shaxs tashkil etishi mumkin bo‘ladi. Quyida ro‘yxatga kiritilgan davlatlar keltirilgan:

  1. Avstraliya
  2. Avstriya
  3. Armaniston
  4. Belgiya
  5. Buyuk Britaniya
  6. Vengriya
  7. Germaniya
  8. Gonkong
  9. Gretsiya
  10. Gruziya
  11. Daniya
  12. Irlandiya
  13. Islandiya
  14. Ispaniya
  15. Italiya
  16. Xitoy
  17. Kanada
  18. Janubiy Koreya
  19. Latviya
  20. Litva
  21. Lyuksemburg
  22. Niderlandiya
  23. Yangi Zelandiya
  24. Norvegiya
  25. Polsha
  26. Portugaliya
  27. Singapur
  28. Sloveniya
  29. Slovakiya
  30. AQSh
  31. Turkiya
  32. Finlyandiya
  33. Fransiya
  34. Chexiya
  35. Shvetsiya
  36. Shveysariya
  37. Estoniya
  38. Yaponiya

“Qumdon"ga qo‘shilish uchun NAPPga ariza jo‘natish kerak bo‘ladi. Arizachi ustavi va boshqa ta’sis hujjatlarining nusxasi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organdan olingan litsenziya nusxasi, shuningdek, jamiyat rahbariyati hamda ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilishi kerak.

Arizalar 20−30 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng uni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Avvalroq 1-fevraldan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.