12-fevral valyuta birjasida dollar kursi yana oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 469 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 9 so‘m 65 tiyinga oshdi.

Regulyatorning 9-fevraldagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12 460 (-4,91) so‘mni tashkil qilgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.