14-fevral valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 486 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 6 so‘m 2 tiyinga oshdi.
Regulyatorning 5-fevraldagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12 469 (+21,88) so‘mni tashkil qilgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.
Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.