“Neuralink” kompaniyasidan miya chipi o‘rnatilgan birinchi bemor sichqonchani fikrlash orqali boshqarishni o‘rgandi. Bu haqda “Reuters” nashri kompaniya egasi Ilon Maskga tayanib xabar berdi.

“Rivojlanish yaxshi. Bemor to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi va bizga ma’lum bo‘lishicha, hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘q”, — dedi Ilon Mask.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, bemor kursorni fikr kuchi bilan ekran bo‘ylab harakatlantirishni o‘rgangan.

Endi kompaniya undan iloji boricha ko‘proq sichqonchani bosishga harakat qilmoqda.

Yanvar oyi oxirida Ilon Mask “Neuralink” kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatgani haqida xabar bergandi.

“Kecha birinchi odam „Neuralink“ implantini oldi, tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda”, deb yozgan Mask.

Qayd etilishicha, “Neuralink” kompaniyasining birinchi mahsuloti “Telepatiya” deb nomlanadi.

Texnologiya lateral amyotrofik skleroz va boshqa kasalliklarga chalingan bemorlarga muloqot qilishda, internetdan foydalanishda, kompyuterni fikr kuchi bilan harakatlantirishda yordam berishi kerak.

“Birinchi foydalanuvchilar o‘z oyoq-qo‘llarini boshqarish qobiliyatini yo‘qotganlar bo‘ladi. Tasavvur qiling, Stiven Xoking mashinist yoki auksionchiga nisbatan tezroq muloqot qila olsa. Maqsad shu”, — deydi Mask.

2023-yil sentabrida “Neuralink” mustaqil ekspertlar kengashidan sinov uchun ruxsat oldi va ko‘ngillilarni qidirishni boshladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, to‘liq tadqiqot taxminan olti yil davom etadi. Jarrohlikdan so‘ng “Neuralink” mutaxassislari bemorni jarayonni va chipning ishlashini ta’minlash uchun kuzatadilar. Besh yil davomida 20 ta tekshirish rejalashtirilgan.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask $56 mlrdlik mukofot pullaridan mahrum bo‘lgani haqida yozgandi.

AQShning Delaver shtati sudi Maskga belgilangan mukofot pullarini noto‘g‘ri belgilangan deb topdi va uni rad etdi.