“Apple” kompaniyasi “Apple ID” hisobi nomini rebrending qilmoqchi — endi u “Apple Account” deb nomlanadi. Bu haqda “Macrumors” nashri xabar berdi.
Yangi nom allaqachon, “Apple” veb-saytida “Apple ID” balansini ko‘rish uchun ishlatilgan.
Kompaniya 2024-yil oxirida iOS 18 va macOS 15 operatsion tizimlarining chiqarilishi bilan rebrendingni o‘tkazishi kutilmoqda.
O‘zgarishlar kompaniya veb-saytiga ham, tizim ilovalariga ham ta’sir qiladi.
“Apple ID” “AppStore”, “iCloud” va “Apple Music” kabi “Apple” xizmatlariga kirish uchun ishlatiladi.
“Apple ID” orqali kompaniya xizmatlari ekotizim ichidagi qurilmalar o‘rtasida sinxronlashtiriladi.
Avvalroq “Spot” “Apple” aqlli ko‘zoynaklar va kamerali “AirPods” chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qurilmalar tadqiqot bosqichida va ularning qachon taqdim qilinishi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan.