“OpenAI” kompaniyasi “ChatGPT” chat-botga ovoz chiqarib o‘qish funksiyasini qo‘shdi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.

Mazkur funksiya sun’iy intellekt javoblarni beshta ovozdan biri bilan ovoz chiqarib aytishga imkon beradi.

Yangi funksiya iOS va Android uchun “ChatGPT” ilovalarida, shuningdek dasturning veb-versiyasida mavjud.

“ChatGPT” javob tilini avtomatik ravishda aniqlaydi “GPT-4” va “GPT-3.5” asosidagi chatbotlar uchun jami 37ta til qo‘llab-quvvatlanadi. Sozlamalarda “ChatGPT"ni har doim so‘rovlarga ovozli javob berish mumkin.

Buning uchun ilovada kiritilgan so‘rov maydonini bosib ushlab turish kerak, so‘ngra ovozli javoblarni eshitish, orqaga qaytarish yoki to‘xtatib turish sozlamalarini tanlash kerak. Veb-versiyada sahifaning pastki qismida dinamik belgisi paydo bo‘ladi.

“ChatGPT"da ilgari ovozli so‘rovlar qilish imkoniyati mavjud edi. Shuningdek, chat-bot foydalanuvchilar va ularning didi haqidagi faktlarni eslab qolish qobiliyatiga ega.

“The Information” ma’lumotlariga ko‘ra, “OpenAI” o‘zining onlayn qidiruv mahsulotini ishlab chiqmoqda va uni “ChatGPT” chat-botiga integratsiya qilmoqchi.


Avvalroq “Spot” “ChatGPT” Yevropa Ittifoqida 20 mln yevrogacha jarimaga tortilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Bunga sun’iy intellekt chat-botining Yevropa Ittifoqida maxfiylikni buzganlikda gumon qilinayotgani sabab bo‘lgan.