Markaziy bankning 2024-yil 18-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12570 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 7-mart kuni belgilangan 12503 so‘m qiymatga nisbatan 67 so‘mga qimmatladi.
18-mart kuni “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank” va “Infinbank"da sotish kursi 12636 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12630 so‘mdan 12570 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12490 so‘mdan 12540 so‘mgacha yetdi.